Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkin Turdimov ushbu lavozimga tayinlanganidan bir kun o‘tib shahardagi ijtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga chiqdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bu haqda xabar qoldirdi.
Samarqand shahar «So‘g‘diyona» massividagi Abu Bakr Roziy nomli ko‘cha o‘tgan yili yo‘lchilar tomonidan qayta ta’mirlangan edi.
«Samarqand» xalqaro aeroporti orqali «Istanbul-Samarqand» yo‘nalishi bilan uchib kelgan yo‘lovchilarni kutib olishga chiqqan fuqaro H.H. qonunga xilof ravishda zargarlik tilla taqinchoqlarini olib kirmoqchi bo‘lganda bojxona xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
«Samarqand» xalqaro aeroporti orqali «Istanbul-Samarqand» yo‘nalishi bilan uchib kelgan yo‘lovchilarni kutib olishga chiqqan fuqaro H.H. qonunga xilof ravishda zargarlik tilla taqinchoqlarini olib kirmoqchi bo‘lganda bojxona xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning qator rahbar xodimlari ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar qilindi.
13 iyul kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. Abdullayev ishtirok etdi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi bog‘cha bolalariga bir necha kunlik, eski va hidlangan go‘sht berilgan bo‘lishi mumkin.
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani deputat Bahodir Sharofov boshqardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston kanalining “Axborot” ko‘rsatuvida Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan olinishiga rasman izoh berildi.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi va hokimiyatda ishlagan yana bir necha mansabdor shaxslar hibsga olingan.
Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi, deya xabar qildi SOF.UZ'ning hukumatdagi axborot manbasi. Bunga qadar u Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev ishdan olinib, uning o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tayinlagani haqida xabar bergan edik.