Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining 31 oktyabrga belgilangan uchrashuvini tasdiqladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tayvan masalasidagi pozisiyasini yuqori baholaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.
Hech kim Rossiyaga qanday jamiyat qurish kerakligini buyurolmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Ukrainadagi millatchilik va neonasistlar harakatining birlashishini ma’lum qilgandi.
Jakarta bo‘lajak G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSh va Ukraina rahbarlari bilan uchrashishiga ko‘maklashishga tayyor, dedi respublikaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares.
Ayrim davlatlar MDH hududida shantaj va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘rqitish taktikasidan foydalanmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH maxsus xizmatlari rahbarlari kengashida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya yetakchisi Toyib Erdo‘g‘on bilan tez-tez muloqot qilishi Anqaraning vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirish istagi va Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘arb Rossiya tomonidan ko‘plab aktivlarni, jumladan, oltin-valyuta zaxiralarini o‘g‘irlaganini aytdi.
U Putinni yaxshi bilishini qo‘shimcha qildi.
AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp 2024 yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yishga tayyorligini ta’kidladi.
Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yaqin orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilishini aytdi.