Terrorchi o‘zini portlatib yuborgan, degan taxmin ilgari surilmoqda.
Eron tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida Suriyada qo‘shma patrul tadbirlari o‘tkazilishi haqidagi memorandum imzolanganini qo‘llab-quvvatladi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
AQSh prezidenti Donald Tramp muammolarni kuch bilan hal qilish tarafdori emas, biroq zarurat tug‘ilsa, Turkiyaning Suriyadagi harakatlariga javoban kuch qo‘llashga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo aytib o‘tdi.
Trampning fikricha, endi sammit AQSh prezidentining Vashington tashqarisidagi Kemp-Devid qarorgohida bo‘lib o‘tishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Trampning Italiya yetakchisi Serdjo Mattarella bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida aytgan so‘zlariga italiyalik tarjimonning munosabati internetni “portlatdi”.
SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachev bir muddat oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qildi. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar bermoqda, deb xabar qiladi Sputnik radiosi.
Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga msahalliy kosmonavt Hazza al-Mansurin va uning dublyori Sulton al-Nayyodiy tilla tanga sovg‘a qildi.
AQSh vise-prezidenti Mayk Pensning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefonda suhbatlashib, undan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan.
Eng yirik badal to‘lovchi hisoblanadigan AQSh hissasiga BMT byudjetining 22 foizi to‘g‘ri keladi. Biroq AQSh o‘tgan yillar uchun qariyb 380 million dollar va joriy yil uchun 670 million dollarni to‘lamadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin boks maktabida uning burnini qanday sindirishganligini aytib berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan “quvmoqchi” bo‘lgan yoqutistonlik shomon Aleksandr Gabishev yana Moskvaga “yurishi”ni boshladi. Bu haqda “Yakutiya.Info” nashri xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil 1 oktyabrdan prezident va bosh vazirga to‘lanadigan maoshni 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.