Qozog‘iston prezidenti teleradiomajmuasi Nursulton Nazarboyev davlat rahbarining yolg‘izligi nimada ekanligi haqida so‘zlagan arxiv videodan parchani e’lon qildi.
“Rossiya 24” telekanalining jurnalisti Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevdan intervyu ola turib, undan kuch va g‘ayratga to‘la “prezidentlik siri”ni ochishni so‘radi.
Suhbat davomida ilmiy-ma’rifiy hamkorliklar Latviya universitetlari bilan ham yo‘lga qo‘yilishi borasida fikrlashib olindi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hayotiy qiyinchiliklar unga ijobiy ta’sir o‘tkazganini aytdi, deb yozadi «daryo.uz».
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatdagi benzin narxi oshganidan norozi bo‘lib namoyishga chiqqanlarni qoraladi. “Huquq himoyachilariga hujum qilganlarga uyat, boshqa fuqarolar va jurnalistlarga tajovuz qilganlarga uyat. Saylangan xalq vakillariga tahdid qilganlarga uyat. Respublikada bunday zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q”, deb yozdi Makron Twitterda.
Bugun, 19 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, 2021 yilga qadar Fransiya hukumati mamlakatga ikkinchi aviatashuvchi kerakligi borasida bir qarorga keladi. Bu haqda Le Monde yozmoqda.
Fransiya hukumatining rasmiy vakili Benjamen Grivo Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni umumevropa armiyasi tashkil etish g‘oyasi uchun tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp “odob-axloq qoidalarini yodda tutsa, yaxshi bo‘lardi” deb aytdi.
O‘zbekistonda o‘ta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Astana Club anjumani ishtirokchilariga ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.
12 noyabr, dushanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron internetni boshqarish bo‘yicha forumda «Kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i»ni (Paris Call for Trust and Security in Cyberspace) taqdim etdi. U internetni tartibga solishni ta’minlashi lozim bo‘lgan memorandumdir, deb yozadi Kun.uz nashri.
PARIJ — Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishga tayyorligini bildirgan. Bu haqda Fransiya prezidenti Parijda Birinchi jahon urushi yakunlanganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimlarda qatnashayotgan O‘zbekiston delegasiyasiga aytgan, deb xabar beradi Jahon AA.
Fransiya poytaxti Parijda prezident Emmanuel Makron tomonidan Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar va Parij tinchlik forumi tashkil qilinadi, ularda 70 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashadi, deb yozadi «RIA Novosti».