Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Zoyir Mirzayev ilk bor ariqqa tushirilgan fermerlar voqeasiga izoh berdi

Zoyir Mirzayev ilk bor ariqqa tushirilgan fermerlar voqeasiga izoh berdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tarmoqlarda keng muhokama qilingan mavzu yuzasidan ilk bor izoh berdi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Xabaringiz bor sobiq bosh vazir o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari bo‘lib ishlagan Zoyir Mirzayev Oqqo‘rg‘on tumanida ariqqa tushirilgan fermerlarning tarmoqlarda suratlari tarqalgandan so‘ng, lavozimidan ozod etilgan edi. Mirzayev OAVga bergan intervyusida ana shu holatga izoh berdi.

Mirzayevning aytishicha barcha holatga o‘zi aybdor bo‘lgan. U yangi o‘zgarishlarga moslasha olmaganligi sababli ana shunday holat yuz bergan.

"Hech kim xatodan holi emas. Bir narsani aytay. Vaqt kerak bo‘ladi. Balkim bir yil o‘tar, ko‘proq vaqt o‘tar. Bu narsani aslida nima bo‘lganini butun xalqimiz biladi. Albatta bu mening xatoyim bo‘lgan. Zamonning o‘zgarganini hazm qila olmaganim, moslasha olmaganim sabab bo‘lgan. Ikkinchi tarafi borki, biz rahbar sifatida nishondamiz. Bugun bu to‘g‘risida birinchi marta gapiryapman. Haqiqiy negizini holsiona eshitamiz ham, ko‘ramiz ham" - dedi Mirzayev.

Shuningdek, hokim intervyuda qancha oylik olasiz degan savolga oyiga 10 mln atrofida maosh olishini ochiqladi.

Kiritildi: 06:30 27.01.2020. O'qildi: 4950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!