Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Zidan karantin qoidalarini buzdi

Zidan karantin qoidalarini buzdi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalarini buzdi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Ta’kidlanishicha, fransiyalik mutaxassisni Madrid yaqinidagi qishloqda ko‘rishgan. U bir yilcha avval sotib olgan uyiga borgan.

Koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida o‘ta muhim shaxsiy sabablar bo‘lmasa Ispaniyada shaharlararo qatnovlar taqiqlangan.

Agar Zidan karantin qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, uni 1500 yevro miqdoridagi jarima kutmoqda.

Mart oyida «Real» hujumchisi Luka Yovich Serbiyada karantin qoidalarini buzgan va buni mamlakat prezidenti ham tanqid ostiga olgandi.

Kiritildi: 12:36 25.05.2020. O'qildi: 2624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!