Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” maxfiy ilovalarida Rossiya hududiga zarbalar haqida so‘z boradi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak gapirdi.
"Rejada Rossiyaning front chizig‘idan juda uzoqda joylashgan logistikasini yo‘q qilish uchun qanday qurollar zarurligi aniq ko‘rsatilgan. Ishlab chiqarish ob’ektlari hamda ta’minot omborlarni yo‘q qilish, shuningdek, buning uchun qaysi turdagi va qancha qurol kerakligi batafsil qayd etilgan", — dedi Podolyak.