Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan telefonda nima haqda gaplashganini aytdi (video)

Zelenskiy Putin bilan telefonda nima haqda gaplashganini aytdi (video)

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatining tafsilotlari haqida so‘zlab berdi, deb xabar qiladi «Korrespondent.net».

Ukraina yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning barcha hamkorlari Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilishiga qarshi bo‘lgan.

«Ukrainaning barcha hamkorlari Putinga qo‘ng‘iroq qilishimga qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu masala, avvalo, Ukraina va fuqarolarimiz manfaati yo‘lida bo‘lgani uchun qaror qabul qildim. Bizni qo‘llab-quvvatlagan g‘arblik hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz, biroq o‘z fikrimizga ham egamiz», — deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan muloqot vaqtida asirlarni qaytarish borasidagi masalani ham muhokama qilgan.

Kiritildi: 14:59 18.07.2019. O'qildi: 2377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!