17-oktabr, payshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda yig‘ilishning yangilangan kun tartibiga tayanib, jahon agentliklari xabar berdi.
Payshanba kuni NATO-Ukraina kengashining yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, unda Ukrainani Mudofaa vaziri Rustem Umerov vakillik qiladi.
Zelenskiyning tashrifi haqidagi ma’lumotni NATO matbuot kotibi Farah Dahlalla ham tasdiqladi.
«NATO Bosh kotibi Mark Ryutte 17-oktabr kuni NATO shtab-kvartirasida NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishida Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchrashadi», — deb yozdi Dahlalla X sahifasida.
Payshanba kuni kechqurun, Daxlallaning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari matbuot anjumani o‘tkazadilar.