Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy NATO a’zoligi uchun urushni to‘xtatishga tayyorligini aytdi

A A A
Zelenskiy NATO a’zoligi uchun urushni to‘xtatishga tayyorligini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi uchun Rossiya bilan urushni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u kecha, 29 noyabr kuni “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu keyinchalik bosib olingan hududlarni diplomatik yo‘l bilan qaytarish bo‘yicha kelishib olish imkonini beradi.

“Agar biz urushning qizg‘in bosqichini to‘xtatmoqchi bo‘lsak, nazoratimiz ostidagi Ukraina hududi NATOga a’zo bo‘lishi kerak”, degan Ukraina rahbari.

Ukraina Prezidentining fikricha, alyansga qo‘shilish mamlakatni Rossiyaning keyingi agressiyasidan himoya qilishni kafolatlaydi. Shuningdek, u xalqaro xavfsizlik kafolatlarisiz oddiy o‘t ochishni to‘xtatish faqat rasmiy Moskva pozisiyasini mustahkamlashi va Ukrainaning boshqa yerlari ham tortib olinishiga olib kelishi mumkinligini bildirgan.

Kiritildi: 10:50 30.11.2024. O'qildi: 1260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!