Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Zaxarova: "NATOning Ukrainada paydo bo‘lishi uning Rossiyaga qarshi urushga kirishini anglatadi"

Zaxarova: "NATOning Ukrainada paydo bo‘lishi uning Rossiyaga qarshi urushga kirishini anglatadi"

NATO kuchlarining Ukrainada paydo bo‘lishi butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib keladi va alyansning Rossiyaga qarshi urushga kirishini anglatadi.

Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

"Tushunmayapman, ehtimol ular NATO kontingentlarining Ukraina hududida paydo bo‘lishi alyansning mamlakatimizga qarshi urushga kirishishini anglatishini tushunmayaptilar, biz bu haqda ularga bir necha bor aytganmiz, chunki bu nafaqat Yevropa uchun, balki butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib keladi" - dedi u Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxknning Ukrainaga Yevropa davlatlarining harbiy kuchlarini yuborish zarurligi haqidagi bayonotini sharhlar ekan.

Kiritildi: 14:53 21.11.2024. O'qildi: 754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!