Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Zamin» Fondi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha 60% bolalarni karlikdan qutqarishi mumkin

«Zamin» Fondi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha 60% bolalarni karlikdan qutqarishi mumkin

«Zamin» fondi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda yiliga 70 000 dan ziyod chaqaloq dunyoga keladigan Toshkent shahrida sinov loyihasini boshladi. 

Tibbiyot muassasalarida o‘tkazilayotgan skriningni monitoring va tahlil qilish uchun loyiha doirasida onlayn tizim ishga tushirildi. 
 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar shahardagi 4 ta bolalar shifoxonasida va barcha 15 ta tug‘ruq markazlarida eshitish qobiliyatining skrining tekshiruvidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan apparatlar o‘rnatildi.  

Ushbu loyiha 1 yillik sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng respublikamizdagi barcha tug‘ruq markazlariga tadbiq qilinadi.

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva loyihaning dastlabki natijalari bilan tanishdi, tug‘ruq markazlari shifokorlari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi, ularga eng ezgu tilaklarni bildirdi.
 

 

Kiritildi: 22:36 02.12.2020. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!