Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Yuventus» rahbariyati Ronaldu bilan jiddiy gaplashib olmoqchi

«Yuventus» rahbariyati Ronaldu bilan jiddiy gaplashib olmoqchi

«Yuventus» rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashmoqchi. Unda futbolchining harakatlari va sheriklariga bo‘lgan munosabati muhokama qilinadi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.

«Yuventus» futbolchilari Ronaldu A Seriya 12-turi doirasida «Milan»ga qarshi o‘yindagi (1:0) harakati uchun tushuntirish berishini istamoqda. Portugaliyalik futbolchi 55-daqiqada zaxiraga olingach, murabbiyga qo‘l uzatmagan va kiyinish xonasiga ravona bo‘lgandi. Keyinroq Ronaldu ushbu o‘yin tugamasidan stadionni tark etgan ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq «Yuventus» sport direktori ushbu masala yuzasidan Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashgani xabar qilingandi.

Ushbu bahsdan keyin Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Yevro—2020 saralash o‘yinida ishtirok etdi va Litva darvozasiga uchta gol urdi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 22:19 16.11.2019. O'qildi: 3718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!