Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

YURTIMIZDA 4-5 YOSHDAGI BOLALAR POLIOMIYELITGA QARSHI EMLANADI

YURTIMIZDA  4-5 YOSHDAGI BOLALAR POLIOMIYELITGA QARSHI EMLANADI

Poliomiyelit — o‘tkir shol kasalligi bo‘lib, asab tizimi, ayniqsa, orqa miyani shikastlaydi. Asosan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu kasallikning yuqish xavfi yuqori hisoblanadi.

Kasallikning yagona manbai xastalikning yengil yoki yashirin shakli bilan og‘rigan bemordir. Shuningdek, poliomelit kasalligi virusi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda, og‘iz orqali iflos qo‘l, virus bilan zararlangan suv va oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar, ba’zan havo-tomchi yo‘li orqali ham yuqadi.

Joriy yilning 20-30 sentyabr kunlari 4-5 yoshdagi bolalarni IPV — inaktivlangan poliomiyelit vaksinasi bilan emlash rejalashtirildi. Ushbu jarayonni o‘tkazish uchun 1 million 200 ming doza inaktivlangan poliomiyelit vaksinasi mamlakatimiz bo‘ylab extiyojga asosan yetkazib berilmoqda.

Poliomelitga qarshi ommaviy emlash jarayonlari aholini “Kasallik yoyilib ketibdi”, degan asossiz xavotirga solmasligi lozim. Ma’lumot uchun aytib o‘tishimiz kerakki, poliomelit kasalligi yurtimizda oxirgi marta 1995 yilda qayd etilgan. Mamlakatimizda ushbu o‘tkir shol kasalligiga qarshi faol epidemiologik nazorat o‘rnatilgan. Shuning uchun ham bu xastalikning qo‘shni va boshqa xorijiy davlatlardan kirib kelish xavfi bartaraf qilinmoqda. Poliomiyelit kasalligining oldini olishda yagona chora kasallikka qarshi emlash hisoblanadi.

— Yuqumli kasalliklar chegara nimaligini bilmaydi. Chetdan turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi viruslar kirib kelishi xavfi har doim mavjud, — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vaksinalar va imunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova. — Shuning uchun milliy emlash kalendarimiz bo‘yicha bolalarni o‘z vaqtida emlab borish kerak. Bolalarning 2, 3, 4 va 16 oyligida hamda 7 yoshida oilaviy poliklinikalarda ushbu kasallikka qarshi OPV — og‘iz orqali yuboriladigan poliomiyelit vaksinasi bilan emlash o‘tkaziladi. Hozirda 95-99 foiz bolalar emlash jarayonlariga qamrab olinmoqda.

Shunisi ahamiyatliki, dunyoning ayrim davlatlarida koronavirusga qarshi emlashdan boshqa vaksinasiya jarayonlari to‘xtatib turilgan bo‘lsa-da, mamlakatimizda boshqa kasalliklarga qarshi emlash jarayonlari ham davom etmoqda.

20-30 sentyabr oralig‘ida poliomiyelitga qarshi emlash tadbirlarini o‘tkazish ham reja asosida amalga oshirilmoqda. OPV — og‘iz orqali yuboriladigan poliomiyelit vaksinasi bivalent bo‘lgani uchun poliomiyelit virusining 3 ta tipiga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan IPV — ineksion poliomiyelit vaksinasi bilan qo‘shimcha ravishda emlash joriy etildi. Hozirda yurtimiz bo‘ylab 4-5 yoshdagi bolalar poliomiyelitga qarshi emlanadi.

Emlanishi kerak bo‘lgan bolalarning 7 foizi 20 sentyabr kuni IPV vaksinasini oldi.

Ota-onalar ushbu emlash jarayonining ahamiyatini to‘g‘ri anglashi lozim. Vaksinasiya — bu kasallikka chalinmaslikning kafolati demakdir.

Kiritildi: 22:24 22.09.2021. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!