Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yo‘qolgan singlisining murdasini 18 yil muzlatkichda saqlagan ayol qo‘lga olindi

Yo‘qolgan singlisining murdasini 18 yil muzlatkichda saqlagan ayol qo‘lga olindi

Xorvatiyaning shimolidagi Paloves qishlog‘ida 18 yil oldin yo‘qolgan ayolning jasadini topildi.

Bu haqda Rossiyaning Index.hr axborot portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli ayol 2000 yilda yo‘qolgan, ammo keyinchalik uning qarindoshlari ayolning chet elga chiqib, Fransiyada ishlayotganligini aytishgan.

Undan hech qanday xabarlar bo‘lmagach 2005 yilda polisiyaga borishga qaror qilishgan. O‘sha paytda huquqni muhofaza qilish organlari uyning atrofinigina qidirishgan, ammo uy ichiga kirishmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning jasadi selofanga o‘ralgan holda uyning ichidagi alohida muzlatgichda saqlagan.

Jasad yonidagi uyda esa opasi qizi bilan birga yashagan.

Bu haqda o‘sha hududdagi elelektr quvvati uzilib, muzlatkichdan o‘ta qo‘lansa hid chiqqanidan so‘ng ma’lum bo‘lgan.

Hozirda marhumaning opasi hibsga olingan, u singlisining o‘limida gumon qilinmoqda.

Kiritildi: 06:32 20.02.2019. O'qildi: 3634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!