Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yun Sok Yol lavozimidan chetlatildi

Yun Sok Yol lavozimidan chetlatildi

Parlament tomonidan impichment e’lon qilingan prezident Yun Sok Yol ushbu masala Konstitusiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar lavozimidan chetlatildi

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreyaning amaldagi bosh vaziri Xan Dok Su vaqtinchalik prezident vazifasini bajaradi.
Konstitusiyaviy sud bayonotiga ko‘ra, prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish haqidagi Milliy Assambleya qarori sudga taqdim etilgan va qarorni muhokama qilish jarayoni boshlangan. Bu masala bo‘yicha yig‘ilish 16 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Janubiy Koreyada Konstitusiyaviy sudi prezidentga impichment jarayoni bilan bog‘liq dalillarni tinglash va baholash uchun 6 oyga muddatga ega. Agar sudning 9 nafar sudyasidan 6 nafari qarorni ma’qullasa, prezident lavozimidan chetlatiladi. So‘ngra, 60 kun ichida yangi prezident saylanishi kerak.

Kiritildi: 22:05 15.12.2024. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!