Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yulduz Usmonova Makka va Madinani ziyorat qildi (foto)

Yulduz Usmonova Makka va Madinani ziyorat qildi (foto)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Makka hamda Madina muqaddas shaharlarini ziyorat qildi. Qo‘shiqchining Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan birga namoz o‘qiyotgani aks etgan suratlar yuklangan.

Yulduz Usmonova ushbu suratlar qachon va qayerda olinganiga oydinlik kiritmagan. Lekin manzaralar va tashqi muhitdan xonandaning ayni kunlarda Makka va Madina ziyoratida yurgani taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, Usmonova e’lon qilgan videoda o‘zbekistonlik ayolga ziyoratlar yaxshi o‘tishi haqida tilak bildirilganini tomosha qilish mumkin.

2019 yil dekabr oyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoq orqali hadislarni talqin qilishi foydalanuvchilarning keskin e’tiroz va tanqidlariga sabab bo‘lgan, Muslumonlar idorasi ushbu vaziyatga munosabat bildirgandi. Keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan va bu mavzuga boshqa qaytmaslikka kelishib olingan.

Kiritildi: 04:30 20.01.2020. O'qildi: 6158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!