Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yoshlar Ittifoqi “Scorpion” filmiga qancha ajratgandi?

Yoshlar Ittifoqi “Scorpion” filmiga qancha ajratgandi?

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi direktori, Yosh kinoijodkorlar uyushmasi a’zosi Muxlisa Azizova Togri.uz muxbirining O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosi va mamlakatdagi kinosanoat holati haqidagi savollariga javob berdi.

“O‘zbekkino”dan bir so‘m ham olinmagan

Taniqli rejissyor 2018 yilda byudjeti shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Scorpion” filmiga ketgan xarajatlarni oshkor qildi:

“1 mln dollar deb kamaytirib yubordingiz. 5 mln dollar44 mlrd so‘m sarflangan, bu Yoshlar Ittifoqining loyihasi, pullar qayoqqa ketdi, deyishgandi. Men hatto sizga hisobotlarni ko‘rsatishim mumkin. Aynan Yoshlar Ittifoqidan 900 mln so‘m olingan. Loyihaning Davlat byudjetiga umuman aloqasi yo‘q.

“O‘zbekkino” Milliy Agentligidan bir so‘m ham olinmagan. Loyihaga katta masshtab berilishi Mudofaa vazirligi bilan qo‘shma kelishuv imzolanganidan so‘ng boshlandi. Vazirlik vertolyot bo‘ladimi, otishma sahnalarida foydalaniladigan o‘qlar bo‘ladimi, barchasini beg‘araz taqdim etdi.

Loyihada Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va MTRKning katta hissasi bor. Qo‘shma qarorga ko‘ra, Milliy teleradiokompaniya reklama masalasida katta yordam bergan. Bu o‘ziga xos prodyuserlik usuli bo‘lgan. Bularning barchasi umumiy til topishga bog‘liq.

To‘g‘ri, masalan, umumiy xarajatlarni dollarda hisoblasak, 1 mln dollardan oshishi mumkin,‌ biroq uni 5 mln dollarlik film darajasiga ko‘tarishgani ajoyib. Film ortida turgan prodyuserimizga rahmat deyman”.

Dollarlar va so‘mlar

Muxlisa Azizova “Scorpion” filmi byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilishganini qo‘shimcha qilgan:

“Rossiya kinosanoatida Janik Fayziyev degan mashhur prodyuser bor. Prologue-2018 ochilish marosimida “Scorpion”ning ham premyerasi bo‘lgan. Janik Fayziyev Rossiya hisobi bilan olganda ushbu film byudjeti 11 mln dollarni tashkil etishini taxmin qilgandi. Professional prodyuserga haqiqiy byudjetni aytganimda shok holatiga tushdi.

So‘mda hisoblaydigan bo‘lsak, film byudjeti 4,5 mlrd so‘mga ham yetmagan”.

Ma’lumot uchun, Muxlisa Azizova 1987 yil 20 dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U “Geolog – o‘limdan kuchli”, filmi g‘oyasi muallifi, “Dunyo qirg‘og‘i”, “U” va “Scorpion” filmlari rejissyoridir.


Kiritildi: 06:15 22.08.2019. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!