Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yosh bolalarni o‘pish fazilatmi?

Yosh bolalarni o‘pish fazilatmi?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Bir a’robiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Sizlar yosh bolalaringizni o‘pasizlarmi? Biz o‘pmaymiz», dedi.

Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Alloh qalbingdan rahmatni sug‘urib olgan bo‘lsa, men nima ham qila olar edim», dedilar».

Sharh: Demak, jajji bolalarni o‘pish kishining qalbida rahmat borligining alomati ekan. Aksincha, yosh bolalarni o‘pmaslik qalbda rahmatning yo‘qligi alomati ekan.

Bola boqish ishi mashaqqatli ekani hamda bola doimo mehrga va rahm-shafqatga muhtoj bo‘lgani uchun ham Islomda bolaga rahmli bo‘lish katta savobli ish darajasiga ko‘tarilgan. Har bir ota-ona bu ulkan haqiqatni zinhor unutmasligi darkor.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Yosh bolalarni o‘pish fazilat ekani.

2. Yosh bolalarni o‘pish rahmdillik belgisi ekani.

3. Ba’zi odamlarning qalbidan Alloh taolo rahmatni sug‘urib olishi.

4. Bolalarni o‘pmaslik yaxshi emasligi.

91. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan ibn Alini o‘pdilar. Ul zotning huzurlarida Aqra’ ibn Hobis Tamiymiy o‘tirgan edi. Shunda Aqra’:

«Mening o‘nta bolam bor. Ulardan birortasini ham o‘pmaganman», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qaradilar. Keyin:

«Kim rahm qilmasa, unga rahm qilinmaydi», dedilar».

Sharh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan bu gaplarning ma’nosi – kim bandaga rahm qilmasa, Alloh taolo unga ham rahm qilmaydi, deganidir.

Bandalarga rahm qilishning eng oliy namunasi yosh bolalarga rahm qilishdir. Chunki ular rahm-shafqatga eng muhtoj toifadirlar.

Shunday bo‘lganidan keyin, har bir ota-ona o‘z bolasiga mehribon bo‘lishi, ularga rahm-shafqatli bo‘lishi lozim.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kichik bolalarni o‘pganlari.

2. O‘sha paytda o‘nta bolasidan birortasini ham o‘pmagan shaxs bo‘lgani.

3. Bolasiga rahm ko‘rsatgan ota-onalarga Alloh taolo ham rahm qilishi.

4. Farzandiga rahmli bo‘lish ota-onaning vazifasi ekani.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:40 10.07.2019. O'qildi: 5502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!