Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yosh ayol "jannatda semizlarga o‘rin yo‘q", degan gapi uchun ruhoniyni sahnadan itarib yubordi (video)

Yosh ayol "jannatda semizlarga o‘rin yo‘q", degan gapi uchun ruhoniyni sahnadan itarib yubordi (video)

Konsert zallarining birida to‘planganlar oldida chiqish qilayotan ruhoniy ortiqcha vaznga ega ayollar jannatga tushmasliklari haqida gapirdi. Shu payt sahnaga to‘lachadan kelgan qiz yugurib chiqib erkakni orqasidan itarib yubordi. Ruhoniy bu harakatdan so‘ng sahnadan pastga yiqildi.


 

La Vanguardia nashrining yozishicha, ushbu hodisa 50 ming nafar shok holatiga tushgan dindorlar ko‘z o‘ngida yuz bergan. Holat videoga suratga olingan va ijtimoiy tarmoqda katta muzokaralarga sabab bo‘lgan. Internet foydalanuvchilarning aksariyati, ruhoniy badnafslikni nazarda tutganligi, faqat o‘z fikrini oxirigacha aytishga ulgurmagani haqida yozishgan.

Ushbu tajovuzdan so‘ng braziliyalik yosh ayol qo‘lga olingan. Cherkovning Twitter-akkauntida diniy ulamo jiddiy jarohat olmagani xabar qilingan.

 

Kiritildi: 21:45 19.07.2019. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!