Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Yoqma, kuyasan!" Xorazmda o‘ziga o‘t qo‘yib, suvga sakragan yigit kuyib qoldi (video)

"Yoqma, kuyasan!" Xorazmda o‘ziga o‘t qo‘yib, suvga sakragan yigit kuyib qoldi (video)

Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan badaniga olov yoqilgan holda suvga sakragan shaxs videosi yuzasidan.

2019 yilning 19 iyun kuni turli ijtimoiy tarmoqlarda “Urganchda yoshlar o‘rtasidagi bahsdan so‘ng yigitlardan biriga benzin quyib, yoqib yuborildi. U o‘zini suvga otdi” nomli video tarqalgan bo‘lib, ushbu video yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida videolavhada o‘zlari aks etgan va ovozi qayd etilgan kimsalarning shaxsiga, hodisa qachon va aynan qayerda bo‘lganligiga aniqlik kiritildi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslarning barchasi (4 nafar)  Xorazm viloyatida yashashi, ulardan bir nafari  1992  yilda, qolgan uch nafari esa 1999 yilda tug‘ilganliklari, videoda qayd etilgan holat 2019 yilning 18 iyun kuni Urganch shahridan oqib o‘tuvchi “Shovot” kanali ustidagi piyodalar o‘tish ko‘prigida sodir bo‘lgan.

Tanasida yonib turgan olov bilan suvga sakragan shaxs 2019 yil 19 iyun kuni shifoxonaga murojaat qilgan, unga “olovdan chap qo‘l yelka, bo‘yin, ikkala kurak va bel sohalari I-II-IIIA darajali termik kuyish. S-20%. Kuyish kasalligi, kuyish shoki o‘rta og‘ir darajasi” tashxisi qo‘yilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 09:41 21.06.2019. O'qildi: 2878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!