Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yoqimsiz erkaklar omadli bo‘ladimi?

Yoqimsiz erkaklar omadli bo‘ladimi?

Kuzatganmisiz: omadi chopgan biznesmenlar va uddaburon karyerachilarning aksariyati xunukkina bo‘lishadi, deydi uniset.uz .

Biznesmen deganda ayrimlarning xayoliga birinchi bo‘lib Stiv Jobs yoki rossiyalik tanish oligarxlar keladi. Xo‘sh, ular ko‘rkam yigitlarmi? Apple ni bankrotlikdan olib chiqib, jahonning eng zo‘r brendlaridan biriga aylantirgan odam Stiv bo‘ladi. Bizga tanish ko‘pgina siyosatchilar ham kelishgan va xushro‘y insonlar emas.

Stiv Jobs sabr-bardoshi yoki hamkasblar bilan muomalasi orqali hammaga o‘rnak bo‘lishga arzigulik shaxs emas edi. Xodimlarining ishidan ayb topib ta’na qilar, nordon gaplarini ayab o‘tirmasdi.

Olimlar tadqiqot o‘tkazib, buning sababini aniqlashdi. Sababi qiziq va juda oddiy bo‘lib chiqdi. Siz yoqimsiz odamlarning omadi kulishiga sabab ularning aqlli va topqirligidir, deb o‘ylamang. Bu yanglish xulosaligini izlanishlar ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yoqimsiz shaxslar o‘z fikrlarini qat’iyat bilan himoyalay olishar ekan. Hattoki, yangi fikr boshqalarga tushunarsiz va omma nuqtai nazariga muvofiq kelmaganida ham ilgari surishdan charchamas ekan.

Britaniya ruhiyatshunoslik jamiyati tadqiqotchilari bir guruh kishilar ustida tajriba o‘tkazdi. Tajriba o‘tkazilayotgan odamlarni xushfe’l deb bo‘lmasdi: biri mijg‘ov, biri xudbin, yana biri qaysar, boshqasi kekchi va hokazo.

Avvalo yuqori kursda o‘qiydigan 200 talabaning xulq-atvori yaxshilab o‘rganib olindi. Shuningdek, o‘quv jarayonidagi o‘rtacha ballari va kirish imtihonidagi baholarini ham tadqiqotchilar hisobga olishdi. Ularning bilim darajasi haqida tasavvur hosil qilindi.

So‘ng har bir talabaga alohida vazifa topshirildi: marketing masalasiga oid muammoga 10 daqiqada yechim topish zarur. Natijalar olindi.

Tadqiqotning navbatdagi bosqichida talabalar uchtadan guruhlarga bo‘lindi va 20 daqiqada marketing rejasi tuzish so‘raldi. Natijalar badfe’l talabalar ilgari surgan g‘oya qabul qilinganini ko‘rsatdi. E’tibor qiling: alohida mustaqil vazifa topshirilganda barcha fikrlar o‘z o‘rnida, guruhlarga bo‘linganda esa yoqimsiz fe’lli talabalar fikri oldinga o‘tib oldi.

Tajribaning keyingi bosqichlarida talabalar onlayn-chatda o‘zlari bilmagan holda tadqiqotchi xodimlar bilan muloqot qilishdi. Xodimlar ularning g‘oyasini tasdiqlashi yoki rad etishi zarur edi. Tajriba mobaynida tadqiqotchi talabani tanqid qilsa, nishondagi talaba o‘zinikini ilgari surishdan to‘xtamadi.

Tajriba dag‘al xulq-atvorli insonlar tanqidni pisand qilmasligini, bundan o‘z-o‘ziga ishonchi tobora mustahkamlanishini ko‘rsatdi. Xuddi shu mexanizm xushfe’l odamlarda teskarisiga ishlaydi: ular ijobiy baholarni qabul qilishga moyildir.

Albatta, ushbu izlanishlar natijasi mukammal emas. Birinchidan, tadqiqot faqat universitet talabalari ustida o‘tkazilgan bo‘lib, ommaning xususiyatini to‘liq ifodalamaydi. Ikkinchidan, yoqimsiz xulq-atvorli kishi bilan uzoq muddat ishlab bo‘ladimi, hamkorlari uning dag‘al fe’li va g‘alati g‘oyalariga ko‘nikishadimi, degan savollar ochiq qolgan.

Yoqimsiz kishilar har doim ham boshqalardan aqlliroq, ijodkorroq bo‘lmasligini izlanish ko‘rsatdi. Ammo ular boshqalarning ta’na-malomati ostida qolsa ham o‘z fikridan qaytmaydi.

Mana ulardan nimani o‘rganish kerak?! Yovuz daho bo‘lish shart emas, o‘z nomiga qaratilgan tanqidni qulog‘ining yonidan o‘tkazib yuborish kerak. O‘z kuchiga ishonch va tirishqoqlik zarur.

Qo‘polroq odamlar atrof-muhitga tez moslashadi, odoblilar esa nuqul yon berish va tabassum qilish bilan cheklanib qolib ketishadi.

Badfe’l bo‘lishni tavsiya qilmaymiz, qat’iyatli bo‘ling deb qolamiz xolos

Kiritildi: 07:30 20.02.2019. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!