Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi

Yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi deputati so‘nggi kunlarda yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxining keskin oshib ketganligi holati bo‘yicha aholining haqli e’tirozlari va muhokamalarini inobatga olgan holda, mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, propan narxi oxirgi oylar davomida ikki barobarga qimmatlashgan bo‘lib, bu holat ko‘plab iste’molchilar uchun iqtisodiy-ijtimoiy muammolar keltirib chiqarmoqda.

Mazkur holat nafaqat bozor mexanizmlari shaffofligini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi, balki kuz-qish mavsumida yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi munosabati bilan logistika jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, tannarx shakllantirishda shaffoflikni ta’minlash va bozorda noqonuniy harakatlarning oldini olish kabi dolzarb vazifalarni hal qilishni talab qiladi.

Shu bois, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi tomonidan Energetika vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Bosh prokuraturaga propan narxi oshishi sabablarini aniqlash, aholiga aniq va asosli javob berish, narxlarni barqarorlashtirish hamda bu borada ta’sirchan choralar ko‘rish yuzasidan nuqtai nazarini bayon etish bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Kiritildi: 19:23 23.11.2024. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!