Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yongan “Crafers”midi?

Yongan “Crafers”midi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 19 noyabr kuni “Crafers” qandolat fabrikasi yonayotgani haqida xabarlar va suratlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘landi. 

Qayd etishlaricha, yong‘in “Crafers” qandolat fabrikasida emas, balki Yunusobod tumanida joylashgan, “Smart Stroy Building” va “ Teplo Luks Biznes” MCHJlarga qarashli omborxonada sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Soat 11:09da, Yunusobod tumani, I.Axmad ko‘chasi, 14-uyda joylashgan, “ Smart Stroy Building” va “ Teplo Luks Biznes” MCHJlarga qarashli omborxona 200 kv metr maydonida yongan. Yong‘indan 1500 kv metr maydonidagi qurilmalar saqlab qolingan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:49da qurshab olinib, soat 12:01da o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmgan. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

Kiritildi: 15:45 19.11.2019. O'qildi: 3664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!