Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yiliga 500 mingta avtomobil: UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi

Yiliga 500 mingta avtomobil: UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmini keskin oshiradi

General Motors 2023 yilda UzAuto Motors zavodi avtomobil ishlab chiqarish hajmini 500 000 donagacha oshirishga ko‘maklashadi.

Ishonchli manbalarning keltirishicha, O‘zbekiston delegasiyasi AQShda General Motors konserni bilan muzokaralar olib borgan.

Tomonlar hamkorlikni faollashtirish va UzAuto Motors'ning 3 ta zavodida 2023-yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini bir yarim barobarga –500 ming donagacha oshirishga kelishishdi.

Ushbu rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ rahbari Shavkat Umurzakov va boshqa soha rahbarlari Asaka shahriga jo‘nab ketishdi.

General Motors mikrochip qismlarini: boshqaruv mikrosxemalari va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan bort yelektronikalarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlashga yordam beradi.

Joriy yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yilning dastlabki 6 oyligida 160 000 avtomobil ishlab chiqarish, yil so‘nggida esa 275 ming dona avtomobil ishlab chiqarish imkonini beruvchi zarur bo‘lgan butlovchi qismlarni yetkazib berilishini ta’minlash topshirig‘i berilgandi.

Biroq zavod rejalari bu ko‘rsatkichlardan oshib ketdi: bu yilda UzAuto Motors Asaka va Pitnakdagi zavodlarida 340 000 dona avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan yedi. Ushbu ishlab chiqarish hajmi UzAuto Motors uchun rekord ko‘rsatkichdir: zavodning loyihaviy quvvati yiliga 250 000 avtomobilni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish hajmining oshishi avtomobil uchun navbatlarni qisqarish imkonini beradi, ammo yangi loyihani amalga oshirish muddati hali rasman e’lon qilinmagan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yiliga 500 000 dona avtomobil ishlab chiqarish juda ambisiyali va deyarli hayoliy vazifaga o‘xshaydi. Bundan tashqari, manba yiliga yarim million avtomobil ishlab chiqarish vazifasi 2023 yil oxirida bajarilishi kerakligini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil UzAuto Motors ikkita yangi — Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix modellari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu avtomobil modellarni ishlab chiqarish hajmi yiliga 190 ming dona rejalashtirilgan.

Ehtimol, boshqa yangi modellarni ishlab chiqarish orqali ham rekord hajmlarga erishish mumkin.

Kiritildi: 12:54 19.08.2022. O'qildi: 3277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!