Kuni kecha, Toshkent shahar Yashnobod tumani, Tuzel-2 dahasidagi xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi fuqaroning sog‘ligi yomonlashgani sababli u tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bemorni uyning yuqori qavatidan tushirish uchun qo‘shimcha kuch zarurligini inobatga olib, Toshkent shahar FVBga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilgan.
Mazkur xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, tez tibbiy yordam xodimlari bilan hamkorlikda fuqaroni yuqoridan pastga xavfsiz tushirilishini ta’minlagan. Shundan so‘ng bemor shifoxonaga yuborilgan.