Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yashirin tarzda saqlanib turilgan 11 tonna kartoshka bozorga chiqarildi

Yashirin tarzda saqlanib turilgan 11 tonna kartoshka bozorga chiqarildi

Kitob tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladigan aholi tilida «Optom bozor» deb yuritiladigan dehqon bozorining shu qismi doim arzon va sifatli mahsulotlarga to‘la bo‘lgan.

Karantin vaqtida ham uzluksiz nazorat sababli bu joyda mahsulotlar taqchilligi sezilgani yo‘q. Biroq, aholi tomonidan kartoshka mahsulotiga bo‘lgan talabning oshib borishi sababli, ba’zi «ishbilarmonlar» vaziyatdan foydalanishga urinib ko‘rishlari ham bor gap.

Tuman hokimligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tuman bo‘limi, tuman IIB hamkorligida bunday holatlarning oldi olinib kelinmoqda.

Toshkentdagi  bozordan kartoshka mahsuloti savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxs «Surum» mahallasida yashovchi M.R. 6 tonna Rossiyadan keltirilgan kartoshkani, «Sariosiyo» qishlog‘ida yashovchi S.D. 5 tonna kartoshkani bozorda taqchillik yuzaga kelib, narx oshsa sotamiz degan maqsadda yashirin saqlab turganligi aniqlandi.

Hokimlik axborot xizmatining «Nasafnews»ga xabar berishicha, jami 11 tonna kartoshka mahsuloti tuman dehqon bozoriga keltirilib, 4500 so‘m bahoda aholiga sotildi.

 

Kiritildi: 19:10 01.04.2020. O'qildi: 3834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!