Sentyabr oyida Yaponiya Rossiyaga tibbiy buyumlar eksportini 578,2 foizga oshirdi. 1 apreldan boshlangan 2022 moliyaviy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 258,6 foizga o‘sdi. Bunday ma’lumotlar Yaponiya Moliya vazirligi tomonidan taqdim etildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
RNC Pharma tahliliy kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Sputnik radiosiga bergan intervyusida Yaponiyadan Rossiyaga murakkab tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi:
“Sanksiyalar bosimi, Yevropa bilan logistika aloqalarini yo‘q qilish sharoitida biz boshqa mintaqalar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Bu munosabatlar Osiyo davlatlari, birinchi navbatda, Xitoy, Koreya va albatta, Yaponiya bilan ham rivojlanmoqda. Bu mamlakatlar tibbiy asboblar ishlab chiqarishda muayyan vakolatlarga ega”, — dedi u