Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiya global oziq-ovqat inqirozidan chiqish uchun 200 million dollar ajratadi

Yaponiya global oziq-ovqat inqirozidan chiqish uchun 200 million dollar ajratadi

G7 sammiti bo‘lib o‘tayotgan Germaniyaga tashrif buyurgan Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida global oziq-ovqat xavfsizligini qoplash uchun 200 million dollar ajratishga va’da berdi, deb yozadi NHK .

Yaponiya bosh vaziri va’da qilgan pul Ukrainaga, shuningdek, oziq-ovqat narxlarining keskin oshishidan jabr ko‘rgan Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga yordam berishga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda telekanal.

NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi G7 yetakchilari sammitida muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biriga aylangan.

G7 sammiti 26-28 iyun kunlari Bavariyada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:34 28.06.2022. O'qildi: 2280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!