Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya aholini anomal issiqlik tufayli elektr energiyasini tejashga chaqirdi

Yaponiya aholini anomal issiqlik tufayli elektr energiyasini tejashga chaqirdi

Yaponiya hukumati dushanbadan beri kuzatilayotgan anomal issiqlik tufayli mamlakatning bir qator hududlarida elektr energiyasi iste’molini cheklash bo‘yicha fuqarolarga murojaat e’lon qildi, deya xabar beradi Kyodo.

Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi mamlakatning bir qancha hududlari aholisini dushanbadan mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan 18:00 gacha ixtiyoriy chiroqlarni o‘chirib, elektr energiyasini tejashga chaqirdi.

Dam olish kunlari Xonsyu orolida anomal issiqlik to‘lqini qayd etildi, ko‘tarilgan harorat shu haftaning boshida davom etadi. Ayni paytda vazirlik fuqarolarga issiqlik urishi xavfi ortishi sababli kondisionerlardan foydalanishni davom ettirishni tavsiya qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning yetakchi energetika kompaniyalari joriy yil yozida Yaponiyaning shimoli-sharqiy va markaziy hududlarida elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshishini prognoz qilmoqda.

Kiritildi: 23:13 27.06.2022. O'qildi: 2451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!