Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kobralarni noqonuniy saqlagan. Erkak ilonlarni ularning zaharini sotish uchun yetishtirgan, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.
Ekologiya vazirligi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ilonlarni noqonuniy ko‘paytirish faktini tasdiqladi.
«Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro 30 dan ortiq zaharli ilonni saqlaganligi haqida huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, ilonlarni Qashqadaryo viloyatidagi tog‘larga qo‘yib yuborganini, biroq ilonlar Yangiyo‘l tumani hududidan topilgani haqida ma’lumot bor», — dedi mutaxassislar.
Hozirda vaziyatni o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan. Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va ekologiya inspektorlari ishlamoqda.