Bugun, 21 may kuni «Toshkent besh tashabbus harakati» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.
Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston universiteti prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilyapti.
«2021 yil 1 centyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida Prezident maktablari faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Kembrij ta’lim tizimi asosida dars beriladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yerga kelganda masalaning ikkinchi tomonini ham o‘yladilar va savolni o‘rtaga tashladilar: Kembrij ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qishni bitirgan bolalar qayerda o‘qiydi? Shu maqsadda O‘zbekistonda Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlandi», - dedi Musayev ochiq muloqot davomida.