Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Yangi texnologiyalar sabab smartfonlar iste’moldan chiqariladi

Yangi texnologiyalar sabab smartfonlar iste’moldan chiqariladi

Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida Nokia korporasiyasining bosh direktori Pekka Lundmark oltinchi avlod tarmoqlari 2030 yillarda bozorlarga chiqishini ma’lum qildi.

Shuningdek, finlandiyalik tadbirkorning ta’kidlashicha, yaqin kelajakda smartfon “eng keng tarqalgan interfeys» bo‘lmay qoladi.

CNBC telekanalining ma’lum qilishicha, Lundmark o‘n yillik oxirida insoniyat oddiy telefonlardan voz kechishni boshlaydi, degan taxminni ilgari surgan. Ularning o‘rniga kundalik hayotimizga yanada qulay va zamonaviy qurilmalar kirib keladi.

Bunday qurilmalar haqida gapirar ekan Nokia rahbari aqlli ko‘zoynaklar va foydalanuvchilar tanamizga taqib yuradigan boshqa devayslarni sanab o‘tgan.

«Bunday qurilmalarning ko‘pchilligi tanamizga o‘rnatiladi», – degan u.

Anjumanda so‘zga chiqqan Google kompaniyasining moliyaviy direktori Rut Porat esa qo‘shimcha reallik texnologiyalari ko‘plab ma’ishiy muammolarni hal qilishini ta’kidlagan. Uning bashorat qilishicha, «matnlarni ko‘zoynak ekraniga o‘tkazish qobiliyatiga ega aqlli ko‘zoynaklar keng tarqaladi».

Kiritildi: 15:13 28.05.2022. O'qildi: 8440 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!