Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangi ma’lumot! Gavhar Sharipova Moskvadan qaytgach bir muddat dugonasi Feruza Sobitovaning uyida yashagan

Yangi ma’lumot! Gavhar Sharipova Moskvadan qaytgach bir muddat dugonasi Feruza Sobitovaning uyida yashagan

«Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Dastlab uning Qashqadaryo viloyatida harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytildi.

Keyinroq, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB aktrisaga shilqimlik qilingani, u esa katta tezlikda yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagani haqida ma’lum qildi.

Gavhar Sharipovaning dugonalaridan biri, aktrisa Feruza Sobitova dugonasi Rossiyadan qaytib kelgach ma’lum bir muddat uning uyida yashaganini ma’lum qildi.

Moskvadan qaytib kelganidan keyin yashashga joyi yo‘q edi. Keyin bir muddat menikida yashadi. Menikida yashab yurganda juda tushkun holatda edi. Menga qo‘ng‘iroq qila boshladi, ko‘p suhbat qilardik. «Hayotimni qaytadan boshlasam, ko‘p xatolarga yo‘l bermasdim, yo‘l qo‘ymasdim», — degan edi. Lekin «men ko‘p yashamayman, Feruza», der edi. Men uni uyimdan o‘zim chiqarib yubordim.

Feruza Sobitova, aktrisa

Gavhar Sharipova O‘zbekistonda filmlarga takliflar kam bo‘lgani uchun hamda hayoti o‘xshamaganligi sababli Rossiyaga ketgan.

Rossiyada do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari Rossiya shou-biznesi vakillariga she’rlar yozib bergan. Moskvada to‘ylarda boshlovchilik qilgan.

Avvalroq, Feruza Sobitova dugonasining eng katta orzusi farzand ko‘rish bo‘lganini aytgan edi. Shuningdek, Gavhar Sharipovaning boshqa yaqinlari va hamkasblari u haqidagi xotirlarini bo‘lishgan edi.

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Kiritildi: 06:39 21.11.2019. O'qildi: 6109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!