Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yangi koronavirus: hukumat nimani yashiryapti?

Yangi koronavirus: hukumat nimani yashiryapti?

Uxanda yangi koronavirusni yuqtirgan shifokorlar soni avval xabar qilinganidan ham ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Rasmiylar faqat 15 xodim kasal bo‘lishganini e’lon qilishgandi, ammo, aslida, yuqtirganlar soni anchayin ko‘pni tashkil etadi.

Avvalroq esa XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi “Yangi virusdan 25 kishi vafot etdi, 830 kishi chalindi, ulardan 177 kishining ahvoli og‘ir”, deya ma’lumot bergandi. Ammo ahvol bundan-da yomon.

Kasallik 29 joyda rasman tasdiqlandi. 1072 kishiga virus yuqishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Noma’lum kelib chiqqan pnevmoniya dekabrning oxirida Uxanda boshlangandi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus turi - 2019-nCoV bo‘ldi.

Hokimiyat epidemiyaning tarqalishini cheklash uchun qat’iy choralarni ko‘rmoqda. Uxanga kirish va chiqish yopiq, temir yo‘l va havo qatnovi to‘xtatilgan. “Kechqurun dezinfeksiyalash vositalarini havodan purkash kerakligi haqida ma’lumot bor edi, ammo bu ma’lumot rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmadi”, deya ma’lum qildi shaharda istiqomat qiluvchi rossiyalik ayol o‘zining Feysbukdagi sahifasida

Mamlakatda ba’zi yirik tadbirlar, shu jumladan, an’anaviy Yangi yil yarmarkalari bekor qilindi. Xubey viloyatidagi o‘nta shahar karantin holatida, deydi manba.

Kiritildi: 21:47 24.01.2020. O'qildi: 5095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!