Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yangi haftada harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Yangi haftada harorat pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Hafta davomida momaqaldiroq bo‘lishi, yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor.

Bugun yuqori siklon ta’siri hisobiga O‘zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 18-23 m/s gacha, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etadi, bu ushbu kun iqlimiy me’yoridan 4-6 darajaga pastdir.

21-22 iyunda siklon ta’siri kuchsizlashadi, ammo markaziy, janubiy va sharqiy hududlar bo‘yicha momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

20-22 iyunda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.

Haftaning ikkinchi yarmida respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 34-39 darajani tashkil etadi.

Kiritildi: 13:12 20.06.2022. O'qildi: 2954 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!