Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin

Yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin

Bu 2021 yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasida o‘z aksini topgan. Takliflarda YHX xizmatining asosiy faoliyatini «fuqarolarga ko‘mak berish»ga yo‘naltirish maqsad qilingan.

Shu bilan birga, transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni eksterritoriallik prinsipi asosida yo‘lga qo‘yish ham taklif etilmoqda.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarida «propiska»dan qat’i nazar transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga davlat raqamini berish ko‘zda tutilmoqda.

Yana bir taklif — barcha ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarida hamda 20 ta DXMlarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkonini yaratish ham reja qilingan.

Kiritildi: 17:34 18.01.2021. O'qildi: 3457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!