Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Yangi avtobus”ning 9 yillik siri fosh bo‘ldi

“Yangi avtobus”ning 9 yillik siri fosh bo‘ldi

Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, xorijiy davlatdan yurtimizga olib kelingan avtobus Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga  qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur avtobus, hujjatlarda ko‘rsatilganidek, 2019 yilda emas, 2011 yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi va 760 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:25 16.01.2020. O'qildi: 4552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!