Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yana korrupsiya: bu safar direktor qo‘lga tushdi

Yana korrupsiya: bu safar direktor qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shovot tumani bandlikka ko‘maklashish markazi direktori B.A. 300 AQSh dollari pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura «Daryo»ga ma’lum qildi.

Markaz direktori fuqaro J.K.dan uni ushbu markazga ishga qabul qilish evaziga pora talab qilib, o‘z xizmat xonasida 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:29 25.02.2020. O'qildi: 3706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!