Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yana bir omadsizlik! "Samsung" egalari ko‘ngilsiz muammodan shikoyat qila boshlashdi

Yana bir omadsizlik! "Samsung" egalari ko‘ngilsiz muammodan shikoyat qila boshlashdi

Samsung’ning buklanuvchi smartfonlari egalari ko‘ngilsiz muammodan shikoyat qila boshladi — egiluvchan ekranlar sovuqqa chiday olmay, ishdan chiqmoqda.

Bu haqda "IXBT"ga tayanib "Daryo.uz" yozmoqda.

Qishda Galaxy Fold va Galaxy Z Flip egalari egiluvchan ekranlar yorilayotganiga duch keldi. Bu kabi muammo Janubiy Koreya bozorida, Seulda havo harorati Selsiy bo‘yicha -18 darajadan tushib ketganida kuzatilgan.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, sovuq havoda smartfon ochilganida uning ekrani darz ketgan.

Bu kabi muammoga boshqa mintaqadagi foydalanuvchilar ham duch kelgan, xususan, dekabr oyida. O‘tgan yili Motorola Razr foydalanuvchilar sovuqda shu kabi muammodan shikoyat qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 modellari bilan ham omadsizlikka uchragan edi. Galaxy Note 7 smartfonlarining sotuvi dunyoning o‘nta mamlakatida 2016 yil 19 avgust kuni boshlangan edi. OAVlar Samsung batareyalarning portlab ketish ehtimoli tufayli Galaxy Note 7 ning sotuvini to‘xtatib turishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng kompaniya barcha Galaxy Note 7 smartfonlarini yangisiga bepul almashtirib berishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:14 09.01.2021. O'qildi: 4767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!