Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yana bir fuqaro pul kuchini qonundan ustun deb o‘yladi. Lekin...

Yana bir fuqaro pul kuchini qonundan ustun deb o‘yladi. Lekin...

Joriy yilning 15 fevral kuni Xorazm viloyati IIB YHXB YPX inspektori Z.Yo‘ldoshev belgilangan dislokasiya asosida Gurlan tumanidagi “Momoko‘pir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtida haydovchi J.A. boshqaruvidagi “Vaz 2103” rusumli transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.
YPX inspektori haydovchi J.A.dan transport vositasining yukxonasini tekshirishni so‘ragan vaqtida haydovchi J.A. xodimning qonuniy talabini bajarmasdan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari va 400 AQSh dollari hamda 500 Belarusiya Respublikasi rubli solingan g‘ilofini tashlab, avtomashinasini haydab qochib ketgan. Z.Yo‘ldoshev mazkur holatni xolis shaxslar ishtirokida hujjatlashtirgan. 
Shu kuni soat 19:40 larda haydovchi J.A. YPX inspektori Z.Yo‘ldoshevning oldiga kelib, sodir qilgan huquqbuzarligi uchun qonuniy chora ko‘rmaslikni va g‘ilofidagi avtomashinasiga tegishli hujjatlarni, 400 AQSh dollari va 500 Belarusiya Respublikasi rublini qaytarishini so‘rab 450 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.
Joriy yilning 17 fevral kuni soat 15:50 larda xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, haydovchi J.A. YPX inspektori Z.Yo‘ldoshevga 400 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:07 21.02.2020. O'qildi: 2513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!