Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yamanda muhojirlar qayig‘i cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 68 kishiga yetdi

Yamanda muhojirlar qayig‘i cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 68 kishiga yetdi

Yaman qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan muhojirlar qayig‘i qurbonlari soni 68 kishiga yetdi.

Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkilotining Yamandagi missiyasi rahbari Abdusattor Esoyevga tayanib, Associated Press xabar berdi.

"Yaman sohillari yaqinidagi suvlarda yakshanba kuni qayiq ag‘darilib ketdi, natijada 68 nafar afrikalik muhojir halok bo‘ldi”, — deb yozadi agentlik.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, cho‘kishdan bor-yo‘g‘i 12 muhojir omon qolgan, qolganlari bedarak yo‘qolgan va o‘lgan deb taxmin qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 10:40 04.08.2025. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!