Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Yakuniy natija: Lukashenkoga qancha odam ovoz berdi?

Yakuniy natija: Lukashenkoga qancha odam ovoz berdi?

Belarus MSK mamlakatdagi prezident saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi Tut.by.

Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 80,1 foizi amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoga ovoz berdi.

Nomzod Svetlana Tixanovskaya uchun - 10,1%.

Boshqa nomzodlar uchun ovozlar quyidagicha taqsimlandi: Andrey Dmitriyev uchun - 1,21%, Anna Kanopatskaya uchun - 1,67%, Sergey Cherecheniy uchun - 1,14%. Hammasiga qarshi - 4,59%.

Saylovlarda jami 5,818,956 kishi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatda saylov uchastkalari yopilgandan keyin ko‘plab norozilik namoyishlari boshlandi.

Nomzod Tixanovskaya 11 avgust kuni Belarusni tark etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bunday qarorni o‘zi qabul qilgan. Ayni paytda, siyosatchi tarafdorlari uning bosim ostida bo‘lganini taxmin qilishmoqda.

Kiritildi: 17:23 14.08.2020. O'qildi: 5792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!