Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Yakkabog‘da yoqib yuborilgan hokim o‘rinbosari va uni yoqmoqchi bo‘lgan tadbirkor ustidan sud boshlandi

Yakkabog‘da yoqib yuborilgan hokim o‘rinbosari va uni yoqmoqchi bo‘lgan tadbirkor ustidan sud boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida 17 sentyabr kuni Yakkabog‘ tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Mansur Tuymayev va binosi «snos»ga tushgan tadbirkor Bahriddin Isamovga nisbatan ochiq sud boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Tadbirkor Bahridin Isamov Jinoyat kodeksining 25, 98-moddasi (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, Mansur Tuymayev Jinoyat kodeksining 192-1-moddasi (xususiy mulk huquqini buzish) 3-qismi «a» bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, sud jarayoni davomida 15 dan ortiq jabrlanuvchi va 60 dan ziyod guvoh so‘roq qilinadi.

Kiritildi: 17:33 17.09.2019. O'qildi: 2539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!