Huquqshunos, bloger va “Zakovat” bilimdoni Xushnudbek Xudoyberdiyev 2019/2020 o‘quv yili uchun 54 talabaning yarim yillik shartnoma to‘lovini to‘lab berilganini ma’lum qildi.
28 avgust kuni bloger kanalida reklama joylashtiruvchilar post uchun to‘lovni talabalarning yarim yillik kontraktini to‘lab berish bilan amalga oshirishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aksiya 2019 yilning 30 sentyabrigacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, Xushnudbek Xudoyberdiyevning Xushnudbek.uz kanalini 170 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. U ushbu loyihasiga qadar kanalida reklama asosida post qoldirmay kelgandi.