Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmlik erkak 2 oylik chaqalog‘ini Toshkentdagi "Chilonzor" bozoriga tashlab ketdi

Xorazmlik erkak 2 oylik chaqalog‘ini Toshkentdagi "Chilonzor" bozoriga tashlab ketdi

Chilonzor tumani IIO FMB 9-son ichki ishlar bo‘limi mas’uliyatidagi hududda joylashgan “Chilonzor” bozoridagi savdo kompleksda 32 yoshli Xorazm viloyatilik Radju D. spirtli ichimliklar ta’siri ostida bo‘la turib, ikki oylik qizini savdogarlarning rastasiga qo‘yib, o‘zi noma’lum yo‘nalishda ketib qolgan. Bozor hududida navbatchilik qilgan xodimlar go‘dakni 9-son IIBga yetkazishgach, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant N. Qahramonova holatni o‘rganish uchun bozorga borib, mazkur holat guvohlari bilan suhbatlashdi.

Tez orada chaqaloqning otasi topilib, ichki ishlar bo‘limiga olib borildi. Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning bahor oyida u turmush o‘rtog‘i Nargiza M. bilan birgalikda Toshkentga ish izlab kelishgan. Ular uy izlash muammosiga yo‘liqqanlarida, oralarida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Navbatdagi kelishmovchilikdan so‘ng Nargiza M. eriga bolasini qoldirib, o‘zi noma’lum tomonga ketib qolgan. Hozirgi vaqtda Radju turmush o‘rtog‘ining qayerda ekanligini va u bilan qanday bog‘lanish mumkinligini bilmaydi.

Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari aniqlashlaricha, pasport stoli ma’lumotlariga ko‘ra bolaning onasi Surxandaryo viloyatda tug‘ilgan. Uni topish uchun, xodimlar Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi podpolkovnik I. Polvonovdan ko‘mak so‘rashdi. Tez orada bolaning onasi Toshkent viloyatidagi tanishlarining uyida topilib, 9-son ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Bolasini nima uchun tashlab ketganligi haqidagi savollarga ayol turmush o‘rtog‘i bilan orasidagi muammolar, hamda turar joy yo‘qligi sababli bu ishni qilganini ma’lum qildi. Shuningdek u Surxandaryo viloyatiga qaytib ketishda yordam so‘radi.

Mazkur masalada ayolga yordam ko‘rsatildi: Jarqo‘rg‘on tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inpsektori bilan hamkorlikda bola onasi bilan uyiga jo‘natildi.

Kiritildi: 17:03 30.09.2020. O'qildi: 4434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!