Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda qiz bolani uyatli suratlari bilan qo‘rqitib yurgan yigit fosh bo‘ldi

Xorazmda qiz bolani uyatli suratlari bilan qo‘rqitib yurgan yigit fosh bo‘ldi

Urganch tumanida yashovchi M.A. ismli ayol 2020 yil 24 iyun kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘zining arizasida, 1998 yilda tug‘ilgan qizining intim rasmlarini qo‘lga kiritgan, Urganch tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu rasmlarni tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, shu paytgacha 9 600 000 so‘m miqdorida pul va qimmatbaho uyali telefonini olgan bo‘lsada, yana 15 860 000 so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilayotganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur murojaatni o‘rganish uchun Xorazm viloyati IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari  tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida SH.R. talab qilingan summadagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Yigitlik g‘ururini unutib, ayollarga nisbatan tovlamachilik qilgan ushbu shaxsga  nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 17:42 25.06.2020. O'qildi: 8791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!