Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda butun boshli oilaning o‘limiga qushlar sababchi bo‘lgan

Xorazmda butun boshli oilaning o‘limiga qushlar sababchi bo‘lgan

22 oktyabr kuni Xorazmda 4 kishidan iborat butun boshli oila ehtiyotsizlik oqibatida vafot etgani xabar qilingan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Joriy yilning 22 oktyabr kunidan 23 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi isitish qozonining dudburoni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

“Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabarida.

Kiritildi: 17:15 25.10.2019. O'qildi: 4648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!