Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda 33 yashar qiz 70 yoshli otasini temir bilan urib o‘ldirdi

Xorazmda 33 yashar qiz 70 yoshli otasini temir bilan urib o‘ldirdi

Xorazmda ayol kishi qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 25 fevral kuni soat 18:50 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Yuqoriboshqir mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol YU.K. o‘gay otasi, 1949 yilda tug‘ilgan YU.S. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. G‘azabga mingan ayol otasini temir jism bilan bosh qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol ruhiy xasta bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan YU.K.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi quzg‘atilgan. U prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 22:50 26.02.2020. O'qildi: 5445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!