Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazm va Toshkentda qalbaki valyuta sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi

Xorazm va Toshkentda qalbaki valyuta sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi

Xorazm va Toshkentda qalbaki valyuta sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning ikki a’zosi qo‘lga olindi.

Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Xiva shahrida yashovchi fuqaro 11 iyun kuni ariza bilan murojaat qilgan. Arizasida notanish shaxslardan 11 mln so‘m evaziga 1 000 yevro ayirboshlab olgani, lekin keyinchalik valyutalar qalbaki ekani ma’lum bo‘lganini bayon qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tezkor chora-tadbir amalga oshirilgan. Natijada Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro B.M. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomashina Gurlan tumanida to‘xtatilgan. Uning mashinasidan salonida 3,5 ming yevro va 50 dollar va 16,4 mln so‘m miqdoridagi valyuta borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, avtomashina salonidan olingan xorijiy valyutalar qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, B.M. Urganch shahrida yashovchi yana bir fuqaroga 5 490 000 so‘m evaziga qalbaki 500 yevroni o‘tkazganligi oydinlashgan.

Qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga kiritishga uringan jinoiy guruh a’zolarining qilmishini to‘liq fosh etishga qaror qilingan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yashovchi yana bir gumondor qo‘lga olingan. Uning uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida qalbaki 200 dollar topilgan. Jinoyatni uni muomalaga kiritish maqsadida saqlab qo‘ygani aniqlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:49 14.06.2020. O'qildi: 2265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!